(Payg`ambarlar) o`z Robbilari risolatlarini haqiqatan yetkazganliklarini va Alloh u(banda)lar huzuridagi barcha narsani ihota qilib olganligini va hamma narsaning adadini hisob qilganligini bilish uchun. Al-Jinn 72:28 ⧉
Tafsir:
Toki, bilib olsinki, oldingi paygʻambarlar Parvardigor yuborgan risolatni Allohning inoyati bilan aniq yetkazganlar. Alloh taolo farishtalar va paygʻambarlardagi barcha narsani qamrab olgan. U Zot har narsaning sanogʻini hisob-kitob qilib qoʻygan.