Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Jin — Oyat 9 (Oʻzbekcha) — Video

Jin • Oyat 28 dan 9 • Oʻzbekcha


وَأَنَّا كُنَّا نَقْعُدُ مِنْهَا مَقَاعِدَ لِلسَّمْعِ ۖ فَمَنْ يَسْتَمِعِ الْآنَ يَجِدْ لَهُ شِهَابًا رَصَدًا 9
Tarjima:
Va albatta, biz u(osmon)da tinglashga qulay joylarga joylashib olar edik. Endi esa, kim quloq solsa, o`zini poylab turgan uchqunga duchor bo`ladir. Jin 72:9
Tafsir:
Oldinlari osmonda egallab olgan joylarimiz boʻlardi. U yerda oʻtirib, farishtalar qoʻlma-qoʻl qilayotgan xabarlarni eshitardik-da, yerdagi folbinlarga yetkazardik. Endi esa holat oʻzgardi. Hozir bizdan birontamiz xabarlarga quloq solsa, otishga shaylab qoʻyilgan olovni koʻradi. Yaqinlashguday boʻlsa, olov otilib, uni jizgʻanak qilib yuboradi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Jin • Oyat 8 Keyingi Jin • Oyat 10