So`ngra, zulm qilganlarga: «Mangu azobni tortinglar. Faqat kasb qilganingizga yarasha jazo olursizlar, xolos», deyilur. Yunus 10:52 ⧉
Tafsir:
Azobga giriftor boʻlganlaridan keyin undan xalos boʻlishni soʻrab iltijo qiladilar. Shunda ularga: "Oxiratdagi doimiy azobni tatiyveringlar. Sizlarga oʻzingiz qilgan kufru isyoningizga yarashagina jazo berilyapti, xolos", deyilur.