Ular sendan: «U haqmi?» deb so`rarlar. «Ha, Parvardigorim haqqi, albatta, u haqdir va sizlar qochib qutuluvchi emassizlar», deb ayt. Yunus 10:53 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, mushriklar sizdan: "Bizga vada qilingan bu azob haqiqatan yuz beradimi?", deb soʻraydilar. Ayting: "Ha, Allohga qasamki, u haqiqatda yuz beradi va sizlar undan qochib-qutula olmassizlar".