Agar har bir zulm qilgan jonga yer yuzidagi hamma narsa berilsa-yu, uni fido qilsa ham. Azobni ko`rganlarida ichlarida nadomat cheksalar ham. Ular o`rtasida adolat ila hukm chiqarilur. Ularga zulm qilinmas. Yunus 10:54 ⧉
Tafsir:
Agar Allohga shirk keltirgan har bir mushrikka zamindagi hamma boyliklar berilsa, oʻzini Allohning azobidan qutqarib qolish uchun hammasini fido qilib yuborgan boʻlardi. Qiyomat kuni mushriklar azobni koʻrib, ich-ichlarida afsus-nadomat chekadilar. Alloh ularning oʻrtasida adolat bilan hukm qiladi. Ularga zulm qilinmaydi. Amallariga yarasha jazo oladilar.