Ey odamlar! Sizga o`z Robbingizdan mav'iza, ko`ksingizdagi narsaga shifo, mo`minlarga hidoyat va rahmat keldi. Yunus 10:57 ⧉
Tafsir:
Ey odamlar, sizlarga Quron keldi. Unda eslatish ham, qiziqtirish ham, ogohlantirish ham bor. U qalblardagi shak-shubha kabi dardlarga davo, toʻgʻri yoʻlga boshlaydigan murshiddir. Unda moʻminlar uchun rahmat borki, undan bahramand boʻlurlar.