Sen: «Allohning fazli ila va Uning rahmati ila. Bas, ana shu bilan xursand bo`lsinlar. U ular jamlaydigan narsalardan yaxshidir», deb ayt. Yunus 10:58 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, odamlarga ayting: "Quronning kelishi sizlar uchun Allohning fazlu marhamatidir. Allohning fazlu marhamati bilan Quron sizlarga nozil qilindi. Shunday ekan, mana shu ishga xursand boʻlinglar. Muhammad alayhissalom Parvardigori tarafidan olib kelgan risolat siz toʻplayotgan foniy, oʻtkinchi mol-dunyodan yaxshiroq".