Ularning gapi seni xafa qilmasin. Albatta, azizlikning barchasi Allohnikidir. U eshitguvchi va bilguvchi Zotdir. Yunus 10:65 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, anavilarning diningizga tosh otishlari, ayblashlari sizni xafa qilmasin. Barcha zafar va gʻoliblik Allohnikidir. U Zotni hech narsa magʻlub qila olmas. Alloh ularning gap-soʻzlarini eshitib, qilayotgan ishlarini koʻrib-bilib turguvchi Zotdir. Yaqinda ularning jazosini bergay.