Agar Robbing xohlasa, odamlarni bir ummat qilardi. Ular ixtilof qilishda bardavom bo`lurlar. Hud 11:118 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, Parvardigoringiz xohlaganida odamlarni haq ustidagi yagona millatga aylantirib qoʻygan boʻlardi. Lekin Alloh buni xohlamadi. Endi ular havoyi nafslariga ergashganlari va haddan oshganlari tufayli har xil boʻlib boraveradilar.