Robbing rahim qilganlaridan boshqalari. Ularni shuning uchun yaratgandir. Robbingning: «Jahannamni, albatta, jinlar va odamlar bilan tamomiyla to`ldirurman», degan so`zi batamom bo`ldi. Hud 11:119 ⧉
Tafsir:
Alloh hidoyatga muvaffaq aylaganlar bundan mustasno. Chunki ular Allohni bir deb bilishda ixtilof qilmaydilar. Mana shunday ixtilof bilan sinash uchun ularni yaratdi. Kim baxtli boʻldi, kim baxtsiz. Ey Paygʻambar, Parvardigoringizning taqdiri azalda: "Jahannamni insu jinlardan iborat shaytonning tobelari bilan toʻldiraman", degan soʻzi toʻla haq boʻldi.