Biz qalbingni sabotli qilish uchun senga Payg`ambarlar xabarining hammasini qissa qilib aytmoqdamiz. Bu(sura)da senga haq va mo`minlarga mav'iza hamda eslatma keldi. Hud 11:120 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, sizga paygʻambarlar haqidagi har bir xabarni qalbingizni haq ustida barqarorlashtirish va qoʻllab-quvvatlash uchun qissa qilib beryapmiz. Bu surada sizga shak-shubha aralashmagan haq keldi. Kofirlarga pand-nasihat keldi. Moʻminlar uchun esa eslatma keldi.