Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Hud — Oyat 12 (Oʻzbekcha) — Video

Hud • Oyat 123 dan 12 • Oʻzbekcha


فَلَعَلَّكَ تَارِكٌ بَعْضَ مَا يُوحَىٰ إِلَيْكَ وَضَائِقٌ بِهِ صَدْرُكَ أَنْ يَقُولُوا لَوْلَا أُنْزِلَ عَلَيْهِ كَنْزٌ أَوْ جَاءَ مَعَهُ مَلَكٌ ۚ إِنَّمَا أَنْتَ نَذِيرٌ ۚ وَاللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ وَكِيلٌ 12
Tarjima:
Ehtimol, sen ularning: «Unga xazina tushirilsa edi» yoki «U bilan birga farishta kelsa edi», deganlari uchun o`zingga vahiy qilingan narsaning ba'zisini tark qilmoqchi bo`larsan yoki undan yuraging siqilar. Sen ogohlantiruvchisan, xolos. Allohning O`zi hamma narsaga vakildir. Hud 11:12
Tafsir:
Ey Paygʻambar, ehtimol siz ularning kufri, sarkashligi, moʻjizalar talab qilishlari kabi ishlari tufayli Alloh sizga yetkazishni buyurgan ayrim buyruqlarni ularga ogʻirlik qilib qolmasligi uchun tark etayotgandirsiz. Ularni yetkazsam: "U bilan birga uni boy qiladigan bir xazina ham nozil qilinmabdi-da yoki uning haqligini tasdiqlaydigan bir farishta ham kelmabdi-da", deb qolishlaridan yuragingiz bezovta boʻlayotgandir. Siz hech narsani qoldirmay, hammasini yetkazavering. Chunki siz faqat ogohlantiruvchisiz, xolos. Alloh yetkazishni buyurgan ishni yetkazasiz. Siz ular talab qilayotgan moʻjizalarni keltirishingiz shart emas. Alloh hammasini koʻrib-bilib, kuzatib turibdi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Hud • Oyat 11 Keyingi Hud • Oyat 13