Yoki: «O`zi to`qib oldi», derlarmi? Sen: «Bas, agar rostgo`y bo`lsalaringiz, Allohdan boshqa kimni chaqirishga qodir bo`lsangiz, chaqirib, bunga o`xshash o`nta to`qilgan sura keltiring-chi», degin. Hud 11:13 ⧉
Tafsir:
Mushriklar: "Quronni Muhammad oʻzi toʻqigan, u Alloh tarafidan yuborilgan vahiy emas", deydilar. Ey Paygʻambar, ayting: "Shu davoyingiz rost boʻlsa, qoʻlingizdan kelgancha kimni chaqirsangiz-chaqirib, shu Quronga oʻxshagan, rostligiga emas, oʻzigagina oʻxshagan oʻntagina surani toʻqib beringlar-chi?"