Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Hud — Oyat 17 (Oʻzbekcha) — Video

Hud • Oyat 123 dan 17 • Oʻzbekcha


أَفَمَنْ كَانَ عَلَىٰ بَيِّنَةٍ مِنْ رَبِّهِ وَيَتْلُوهُ شَاهِدٌ مِنْهُ وَمِنْ قَبْلِهِ كِتَابُ مُوسَىٰ إِمَامًا وَرَحْمَةً ۚ أُولَٰئِكَ يُؤْمِنُونَ بِهِ ۚ وَمَنْ يَكْفُرْ بِهِ مِنَ الْأَحْزَابِ فَالنَّارُ مَوْعِدُهُ ۚ فَلَا تَكُ فِي مِرْيَةٍ مِنْهُ ۚ إِنَّهُ الْحَقُّ مِنْ رَبِّكَ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لَا يُؤْمِنُونَ 17
Tarjima:
O`z Robbidan aniq hujjatga ega bo`lgan, unga O`sha (Robb)ning O`zidan guvoh ergashgan va u(guvoh)dan oldin Musoning kitobi imom va rahmat holida unga (shohid) bo`lgan kishiga(kufr keltiradilar)mi? Ana o`shalar u(shohid)ga iymon keltirurlar. Guruhlardan kim unga kufr keltirsa, unga va'da qilingan joy jahannamdir. Sen u haqda shak-shubhada bo`lma! Albatta, u Robbingdan kelgan haqdir. Lekin odamlarning ko`plari iymon keltirmaslar. Hud 11:17
Tafsir:
Muhammad alayhissalom Parvardigori tarafidan bir hujjatga ega boʻlgan zotdir. U zotga Jabroil alayhissalomdek bir guvoh ergashib yuradi. U zotning paygʻambarligiga odamlarga rahbar va rahmat boʻlib kelgan Musoning kitobi ham guvohlik beradi. Mana shunday zot va u zotga ergashgan moʻminlar zalolat girdobida adashib-uloqib yurgan kofirlar bilan barobarmi? Moʻminlar Quronga va Muhammad alayhissalomga iymon keltiradilar. Endi turli millatlar orasidagi qaysi bir odam unga kufr keltirsa, Qiyomat kuni unga vada qilingan joy doʻzaxdir. Bas, ey Paygʻambar, Quron haqida ham, ularga vada qilingan joy haqida ham shubhalana koʻrmang! U biron shubha aralashmagan sof haqiqatdir. Lekin shuncha ochiq hujjatlar va ravshan dalillar boʻlishiga qaramasdan, koʻp odamlar iymon keltirmaydilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Hud • Oyat 16 Keyingi Hud • Oyat 18