Va agar Alloh sizlarni yo`ldan ozdirishni istasa, men nasihat qilishni xohlaganim bilan, nasihatim sizlarga manfaat bermas. U sizning Robbingizdir va Unga qaytarilursiz», dedi. Hud 11:34 ⧉
Tafsir:
Alloh sizlarni sarkashligingiz tufayli toʻgʻri yoʻldan adashtirib, hidoyatdan mahrum qilib qoʻyishni istayotgan boʻlsa, ogohlantirishim va nasihatim sizlarga foyda bermas. U Parvardigoringizdir. Hamma ishingiz U Zotning Qoʻlidadir. Istasa, adashtiradi, istasa, yoʻlga soladi. Qiyomat kuni yolgʻiz Uning Oʻziga qaytarilursizlar. Oʻshanda amallaringizga yarasha jazo yoki mukofotingizni berur.