Yoki: «Uni to`qib oldi», derlarmi? «Agar uni to`qib olgan bo`lsam, jinoyatim o`z zimmamda va men siz qilayotgan jinoyatdan xolidirman», deb ayt. Hud 11:35 ⧉
Tafsir:
Nuh oʻzi olib kelgan dinni oʻzi toʻqib chiqargan, deb oʻylaganlari sababli Nuh qavmi kofir boʻldi. Ey Paygʻambar, ularga ayting: "Uni oʻzim toʻqib chiqargan boʻlsam, gunohi ham oʻzimning gardanimda. Sizlarning haqni yolgʻonga chiqarishlaringizdan esa pokman, uning uchun javob bermayman".