Va Nuhga: «Qavmingdan avval iymon keltirganlardan boshqa hech kim iymon keltirmas va ularning qilmishlaridan qayg`uga tushmagin. Hud 11:36 ⧉
Tafsir:
Alloh Nuhga shunday vahiy qildi: "Ey Nuh, qavmingdan shu iymon keltirganlaridan boshqasi hargiz iymon keltirmaydi. Ey Nuh, uzoq muddat ularning haqni tan olmasligi va mazax qilishidan xafa boʻlma".