Va u (kema) ularni tog`lardek to`lqinda olib ketayotganida, Nuh bir chetda turgan o`g`liga: «Ey o`g`lim, biz bilan birga mingin, kofirlar bilan birga bo`lmagin», dedi. Hud 11:42 ⧉
Tafsir:
Kema odamlar va boshqalarni togʻlardek toʻlqinlar orasida olib ketar ekan, Nuh alayhissalom bir chetda turgan kofir oʻgʻliga otalarcha jonkuyarlik bilan: "Ey oʻgʻilginam, biz bilan birga kemaga minib, gʻarq boʻlishdan najot topib qolgin, kofirlarga qoʻshilib, choʻkib oʻlmagin", dedi.