U (o`g`il): «Toqqa joylashib olsam, meni suvdan saqlaydi», dedi. U esa: «Bugun Allohning amridan saqlovchi yo`qdir. Magar kimni rahim qilsagina (saqlar)», dedi. Shunda oralarini to`lqin to`sdi va u (o`g`il) g`arq bo`lganlardan bo`ldi. Hud 11:43 ⧉
Tafsir:
Nuhning oʻgʻli otasiga dedi: "Biron baland toqqa chiqib olaman. Shunda suv mengacha yetib bormaydi". Nuh dedi: "Bugun Allohning toʻfonda gʻarq qilib azoblashidan hech kim qutqara olmaydi. Faqat Alloh oʻzi istagan bandasigagina rahm qilib, gʻarq boʻlishdan asrab qoladi". Toʻlqin ota bilan bolani ajratdi. Oʻgʻil kofirligi tufayli toʻfonda halok boʻlguvchilar safidan joy oldi.