«Ey yer, suvingni yutgin, ey osmon, o`zingni tutgin», deyildi. Suv quridi. Farmon bajarildi va (kema) Judiy(tog`i)ga joylashdi. Hamda «Zolim qavmlar yo`qolsin!» deyildi. Hud 11:44 ⧉
Tafsir:
Toʻfon tugaganidan keyin Alloh yerga: "Ey zamin, ustingdagi toʻfon suvini yut", dedi. Samoga esa: "Ey osmon, toʻxta, yomgʻir yogʻdirishni bas qil", dedi. Suv kamayib, yer quridi. Alloh kofirlarni halok qildi. Kema Judiy togʻida toʻxtadi. Oʻshanda: "Kufr keltirib, Alloh belgilab qoʻygan hadlardan oshadigan qavmga halokat boʻlsin", deyildi.