Nuh Robbiga nido qilib: «Robbim, albatta, o`g`lim ahlimdandir, albatta, va'dang haqdir va Sen hukm qilguvchilarning eng hikmatlisisan», dedi. Hud 11:45 ⧉
Tafsir:
Nuh alayhissalom Parvardigoridan yordam soʻrab nola qildi: "Parvardigorim, Sen oilamga najot berishingni vada qilganding. Oʻgʻlim ham oilamdan. Sening vadang haqdir. Sen vadangga xilof qilmaysan. Sen hukm qilguvchilarning eng odili va eng bilimdonisan".