U zot: «Ey Nuh, albatta u ahlingdan emas. Albatta, u yaxshi amal emasdir. O`zingning ilming bo`lmagan narsani zinhor so`ramagin. Men senga johillardan bo`lmasligingni nasihat qilaman», dedi. Hud 11:46 ⧉
Tafsir:
Alloh Nuhga dedi: "Ey Nuh, oʻgʻlingga najot berishimni soʻrayapsan. Holbuki, u sening ahli oilangdan emas. Chunki u kofir. Ey Nuh, mendan shuni soʻrashing senga, maqoming, martabangga yarashmaydi. Shunday boʻlgach, bilib-bilmay soʻrayverma. Seni bilib-bilmay ilmim va hikmatimga toʻgʻri kelmaydigan ishlarni ham soʻrayveradigan nodonlardan boʻlib qolishdan ogohlantiraman.