U: «Robbim, men o`zimning ilmim bo`lmagan narsani Sendan so`ramoqdan panoh tilarman. Agar meni mag`firat qilmasang va menga rahim ko`rsatmasang, ziyon ko`rguvchilardan bo`lurman», dedi. Hud 11:47 ⧉
Tafsir:
Nuh alayhissalom dedi: "Parvardigorim, bilib-bilmay soʻrayverishdan panoh berishingni soʻrayman. Endi gunohimni kechirmasang, menga rahm qilmasang, oxiratdagi nasibasidan mosuvo boʻlgan ziyon koʻrguvchilardan boʻlib qolurman".