«Ey Nuh, Bizdan Senga va sen bilan birga bo`lgan ummatlarga bo`lgan tinchlik va barakotlar ila (kemadan) tushgin. Yana bir ummatlar bo`lur, ularni bir oz huzurlantirurmiz, so`ngra ularni Bizdan bo`lgan alamli azob tutar», deyildi. Hud 11:48 ⧉
Tafsir:
Alloh Nuh alayhissalomga dedi: "Ey Nuh, Biz tarafimizdan boʻlgan bir tinchlik-omonlik hamda senga va sen bilan birga kelgan ummatlarning zurriyoti ustiga yogʻilajak barakalar, noz-nematlar ila kemadan yerga tush. Keyin oʻsha ummatlarning zurriyotlaridan kofirlari ham boʻladi. Biz ularga shu dunyodan biroz foydalanib olish imkonini berurmiz. Oxiratda esa ularni Biz tarafimizdan bir alamli azob tutgay".