Ana shu g`ayb xabarlarini senga vahiy qilmoqdamiz. Bundan oldin ularni sen ham bilmas eding va sening qavming ham. Bas, sabr qil, albatta, oqibat taqvodorlarnikidir. Hud 11:49 ⧉
Tafsir:
Nuh alayhissalomning bu qissasi gʻayb xabarlaridandir. Ey Paygʻambar, oldin uni siz ham, qavmingiz ham bilmas edingiz. Shunday ekan, Nuh kabi siz ham qavmingiz yetkazayotgan ozorlarga, tuhmatlarga sabr qiling. Gʻalaba Allohning buyruqlarini bajaradigan, taqiqlaridan tiyiladigan taqvodorlarnikidir.