Yer yuzida o`rmalagan narsa borki, ularning rizqi Allohning zimmasidadir. U ularning turar joylarini ham, borar joylarini ham bilur. Hammasi ochiq-oydin kitobdadir. Hud 11:6 ⧉
Tafsir:
Yer yuzida oʻrmalagan narsa borki, har qancha kichik boʻlmasin, hammasining rizqini Alloh beradi. Bu Allohning fazlu karami. Alloh ularning shu zamindagi turar joyini ham, oʻlgandan keyin qayerga borishini ham biladi. Hammasining rizqi ham, turar joyi ham, borar joyi ham Ochiq Kitobda, yani, Lavhul-Mahfuzda bor.