Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Hud — Oyat 7 (Oʻzbekcha) — Video

Hud • Oyat 123 dan 7 • Oʻzbekcha


وَهُوَ الَّذِي خَلَقَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ فِي سِتَّةِ أَيَّامٍ وَكَانَ عَرْشُهُ عَلَى الْمَاءِ لِيَبْلُوَكُمْ أَيُّكُمْ أَحْسَنُ عَمَلًا ۗ وَلَئِنْ قُلْتَ إِنَّكُمْ مَبْعُوثُونَ مِنْ بَعْدِ الْمَوْتِ لَيَقُولَنَّ الَّذِينَ كَفَرُوا إِنْ هَٰذَا إِلَّا سِحْرٌ مُبِينٌ 7
Tarjima:
U sizlardan qaysingizning amali yaxshiroq ekanini sinab ko`rish uchun olti kunda osmonlaru yerni yaratdi. O`shanda Arshi suv ustida edi. Agar sen: «Sizlar o`limdan keyin albatta qayta tiriltirilasizlar», desang, kufr keltirganlar, albatta: «Bu ochiq-oydin sehrdan o`zga narsa emas», derlar. Hud 11:7
Tafsir:
U shunday Zotki, mana shunday buyuk osmonlaru yerni va ulardagi narsalarni olti kunda yaratdi. Bundan oldin U Zotning Arshi suv ustida edi. Ey odamlar, sizlardan qaysi biringiz yaxshiroq amal qilib, Allohni rozi qilishingiz va qaysi biringiz yomon amal qilib, Allohni gʻazablantirishingizni sinovdan oʻtkazish, keyin esa oʻsha qilgan amallaringizga yarasha jazo yoki mukofot berish uchun shunday qildi. Ey Paygʻambar, agar siz ularga: "Oʻlgandan keyin hisob-kitob uchun yana qayta tirilasizlar", desangiz, kufr keltirgan va qayta tirilishni inkor qilgan kimsalar: "Sen tilovat qilayotgan bu Quron haq emas, u ochiq sehrdan boshqa narsa emas", deydilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Hud • Oyat 6 Keyingi Hud • Oyat 8