Agar Biz ulardan ma'lum muddatgacha azobni kechiktirsak, ular albatta: «Uni nima to`xtatib turibdi?» derlar. Ogoh bo`linglarkim, u kelgan kunda ulardan qaytarilmas va ularni o`zlari istehzo qilib yurgan narsa o`rab olur. Hud 11:8 ⧉
Tafsir:
Mushriklar jazoga loyiq boʻlsalar-da, shu dunyo hayotida ulardan malum muddatga azobni kechiktirib tursak: "Oʻsha azobni yuborishdan nima toʻsib turibdi", deya masxara qiladilar. Ogoh boʻlingizkim, azobning keladigan oʻz vaqti-soati bor. Uni Allohdan oʻzga hech kimsa bilmas. U kelgan paytda hech kimsa undan qochib-qutula olmas. Oʻshanda ularni oʻzlari masxara qilib yurganlari azob har tarafdan qamrab olur.