Ey qavmim, Allohning mana bu tuyasi sizga belgi-mo`'jizadir. Bas, uni tek qo`yinglar, Allohning yerida yeb yursin, unga yomonlik yetkazmanglar, aks holda, sizni yaqin azob ushlaydi», dedi. Hud 11:64 ⧉
Tafsir:
Ey qavmim, mana bu Allohning tuyasi sizlar uchun mening haq paygʻambar ekanimni tasdiqlovchi bir belgi-moʻjizadir. Uni tek qoʻyinglar. Allohning yerida oʻtlab yuraversin. Unga biron ozor yetkaza koʻrmanglar. Aks holda, tezda bir azobga yoʻliqasizlar.