Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Hud — Oyat 63 (Oʻzbekcha) — Video

Hud • Oyat 123 dan 63 • Oʻzbekcha


قَالَ يَا قَوْمِ أَرَأَيْتُمْ إِنْ كُنْتُ عَلَىٰ بَيِّنَةٍ مِنْ رَبِّي وَآتَانِي مِنْهُ رَحْمَةً فَمَنْ يَنْصُرُنِي مِنَ اللَّهِ إِنْ عَصَيْتُهُ ۖ فَمَا تَزِيدُونَنِي غَيْرَ تَخْسِيرٍ 63
Tarjima:
U: «Ey qavmim, xabar bering-chi, agar men Robbim tomonidan ochiq-oydin hujjatga ega bo`lsam va menga U tomonidan rahmat berilgan bo`lsa-yu, men Unga osiy bo`lsam, kim menga Alloh (azobi)dan (qutulishga) yordam beradi?! Bas, siz menga ziyondan o`zgani ziyoda qilmassizlar. Hud 11:63
Tafsir:
Solih qavmiga raddiya bildirib dedi: "Ey qavmim, aytinglar-chi, men Parvardigorim tarafidan bir ochiq hujjatga ega boʻlsam va U Zot menga Oʻzi tarafidan bir rahmatni, paygʻambarlikni ato etgan boʻlsa-da, yana men U Zotga osiylik qilib, risolatni yetkazish haqidagi farmonini bajarmasam, Uning azobidan meni kim asray oladi?! Sizlar esa menga zalolat va U Zotning rizosidan uzoqlashishdan boshqa narsani koʻpaytirmaysizlar".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Hud • Oyat 62 Keyingi Hud • Oyat 64