Agar mo`min bo`lsangiz, Allohning nazdida boqiy qoluvchi siz uchun yaxshiroqdir. Men sizning ustingizda qo`riqchi emasman», dedi. Hud 11:86 ⧉
Tafsir:
Oʻlchashda ham, tortishda ham odamlarga haqlarini adolat bilan toʻla berganingizdan keyingi Allohning sizga qoldirgani urib qolganingizdan koʻra barakaliroq va foydaliroqdir. Agar chin moʻmin boʻlsangizlar, mana shunga rozi boʻlinglar. Men amallaringizni hisoblab turadigan qoʻriqchingiz emasman. Oshkor-u, yashirin, hammasini biladigan Zotning Oʻzi kuzatib turibdi.