Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Hud — Oyat 87 (Oʻzbekcha) — Video

Hud • Oyat 123 dan 87 • Oʻzbekcha


قَالُوا يَا شُعَيْبُ أَصَلَاتُكَ تَأْمُرُكَ أَنْ نَتْرُكَ مَا يَعْبُدُ آبَاؤُنَا أَوْ أَنْ نَفْعَلَ فِي أَمْوَالِنَا مَا نَشَاءُ ۖ إِنَّكَ لَأَنْتَ الْحَلِيمُ الرَّشِيدُ 87
Tarjima:
Ular: «Ey Shu'ayb, senga bizning otalarimiz ibodat qiladigan narsani tark qilmog`imizni yoki mollarimizda xohlaganimizni qilmasligimizni namozing amr qilmoqdami?! Sen juda haliym va rashid ekansan-da», – dedilar. Hud 11:87
Tafsir:
Shuaybning qavmi uni masxara qilib dedilar: «Ey Shuayb, ota-bobolarimiz ibodat qilib kelayotgan butlardan voz kechishimizni yoki oʻz mol-mulkimizni oʻzimiz istagandek tasarruf qilmasligimizni, uni istaganimizcha koʻpaytirmasligimizni senga namozing buyuryaptimi? Biram koʻngilchan, rashidsanki! Oldinlari tuppa-tuzuk aqlli odam eding-ku. Seni nima jin urdi?»
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Hud • Oyat 86 Keyingi Hud • Oyat 88