U: «Ey qavmim, xabar beringlar-chi, agar men Robbimdan aniq hujjatga ega bo`lsam-chi va meni O`zi tarafidan yaxshi rizq ila rizqlantirgan bo`lsa-chi?! Men sizlarni o`zim qaytarayotgan narsada o`zim xilof qilmoqchi emasman. Men imkonim boricha isloh qilishdan o`zga hech narsani xohlamayman. Mening muvaffaqiyatim faqat Allohga bog`liq. Ungagina tavakkal qildim. Ungagina qaytaman. Hud 11:88 ⧉
Tafsir:
Shuayb qavmiga dedi: «Ey qavmim, aytinglar-chi, bordi-yu, men Parvardigorim tarafidan aniq bir hujjatga ega boʻlsam va menga Oʻzi tarafidan bir yaxshi rizq, jumladan, paygʻambarlik ato etgan boʻlsa, holinglar nima kechadi?! Men sizlarni bir ishdan qaytarib, oʻzim oʻsha ishni qilmoqchi emasman. Men kuchim yetganicha Parvardigoringizni bir deb bilishga va U Zotga itoat etishga davat etib, sizlarni isloh qilishni istayman, xolos. Menga muvaffaqiyat berish yolgʻiz Allohning Qoʻlida. Ungagina tavakkal qildim. Ungagina murojaat qilaman".