Ular: «Ey Shu'ayb, aytganlaringning ko`pini yaxshi tushunmadik va biz seni ichimizda zaifhol ko`ryapmiz, agar odamlaring bo`lmaganida, seni toshbo`ron qilar edik. Sening o`zing biz uchun qimmatli emassan», dedilar. Hud 11:91 ⧉
Tafsir:
Qavm dedi: "Ey Shuayb, olib kelgan gaplaringning koʻpini tushunmayapmiz. Oramizdagi bir zaif, koʻzi ojiz kimsa ekaningni koʻrib turibmiz. Qarindoshlaring boʻlmaganida seni toshboʻron qilib yuborgan boʻlar edik. Sen biz uchun hech kim emassan. Qarindoshlaringning hurmatidan senga tegmayapmiz, xolos".