U: «Ey qavmim, mening odamlarim sizlar uchun Allohdan ko`ra azizroqmi?! Unga orqangizni o`girib oldingiz. Albatta, Robbim qilayotgan amallaringizni ihota qiluvchidir. Hud 11:92 ⧉
Tafsir:
Shuayb dedi: "Ey qavmim, qarindoshlarim sizlarga Allohdan ham mukarramroq, azizroqmiki, U Zotga orqangizni oʻgirib olib, yuborgan paygʻambariga iymon keltirmadingiz. Albatta, Parvardigorim qilayotgan ishlaringizni qamrab olguvchidir. Bironta ishingiz U Zotdan yashirin qolmas. Yaqinda sizlarni qilmishlaringizga yarasha jazolab, bu dunyoda halokatga, oxiratda esa azobga giriftor aylagay".