Ey qavmim, imkoningizdagi amalni qilavering, men ham amal qiluvchiman. Kimga sharmanda qiladigan azob kelishini va kim yolg`onchi ekanini tezda bilasizlar. Kutinglar, men ham sizlar ila kutuvchiman», – dedi. Hud 11:93 ⧉
Tafsir:
"Ey qavmim, koʻnglingiz tusaganini, qoʻlingizdan kelganini qilaveringlar, men ham koʻnglim tusaganini, qoʻlimdan kelganini qilaveraman. Yaqinda qaysi birimizga sharmanda qiladigan azob kelishini va kim yolgʻonchi ekanini bilib olursizlar. Allohning hukmini kutib turaveringlar. Men ham sizlar bilan birga kutib turaveraman".