Amrimiz kelgan paytda Shu'aybga va u bilan birga iymonga kelganlarga O`z rahmatimiz ila najot berdik. Zulm qilganlarni esa, qichqiriq tutdi va diyorlarida to`kildilar. Hud 11:94 ⧉
Tafsir:
Qavmni halok qilish haqidagi farmonimiz kelgach, Shuayb va u bilan birga boʻlgan iymon keltirganlarni Oʻz rahmatimiz ila qutqarib qoldik. Zulm qilganlarni esa bir dahshatli hayqiriq ushladi. Hayqiriqdan ularning jonlari uzilib, oʻz diyorlarida yuztuban yiqildilar.