Bu g`ayb xabarlardan bo`lib, uni senga vahiy qilmoqdamiz. Ular makr qilib, ishlari haqida gap biriktirganlarida oldilarida bo`lmagan eding. Yusuf 12:102 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, Yusuf va uning akalari haqidagi bu qissani siz bilmas edingiz. Hiyla-nayranglar ishlatib, uni qudduqqa tashlamoqchi boʻlganlarida ularning yonida boʻlmagansiz. Uni sizga Biz vahiy qilyapmiz.