Sen: «Bu — mening yo`limdir. Men Allohga bilib — ishonch ila chaqiraman va menga ergashganlar ham. Alloh pokdir. Va men mushriklardan emasman», deb ayt. Yusuf 12:108 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, ayting: "Shu mening yoʻlim. Men ham, menga, mening yoʻlimga, sunnatimga ergashganlar ham aniq hujjat bilan Allohga davat qilamiz. Alloh Oʻzining ulugʻligi va kamoliga loyiq boʻlmagan har qanday nuqsondan pok. Men mushriklardan emasman. Men har qanday nuqsondan pok Allohni yakka-yagona, deb biladigan muvahhidlardanman".