Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Yusuf — Oyat 109 (Oʻzbekcha) — Video

Yusuf • Oyat 111 dan 109 • Oʻzbekcha


وَمَا أَرْسَلْنَا مِنْ قَبْلِكَ إِلَّا رِجَالًا نُوحِي إِلَيْهِمْ مِنْ أَهْلِ الْقُرَىٰ ۗ أَفَلَمْ يَسِيرُوا فِي الْأَرْضِ فَيَنْظُرُوا كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الَّذِينَ مِنْ قَبْلِهِمْ ۗ وَلَدَارُ الْآخِرَةِ خَيْرٌ لِلَّذِينَ اتَّقَوْا ۗ أَفَلَا تَعْقِلُونَ 109
Tarjima:
Biz sendan ilgari ham faqat shahar ahlidan er kishilarga vahiy yuborganmiz. Yer yuzida yurib, o`zlaridan oldingilarning oqibati nima bo`lganiga nazar solmaydilarmi? Albatta, oxirat diyori taqvo qiladiganlar uchun yaxshiroqdir. Aql yuritmaydilarmi?! Yusuf 12:109
Tafsir:
Ey Paygʻambar, sizdan oldin qishloq emas, shahar ahlidan, farishtalar emas, faqat er kishilarni paygʻambar qilib, ularga vahiy yubordik. Odamlar ularni yolgʻonchiga chiqardilar va natijada Biz ularni halok qildik. Anavi yolgʻonga chiqarayotganlar yer yuzida yurib, oldingi haqni tan olmaganlarning oqibati qanday boʻlganiga nazar solmaydilarmi? Ulardan ibrat olmaydilarmi? Taqvo qiladiganlar uchun bu dunyodan koʻra oxirat diyori yaxshiroqdir. Shunday boʻlgach, aqllarini ishlatib, Allohning buyruqlarini bajarib, taqiqlardan tiyilmaydilarmi? Eng katta buyruq iymon boʻlsa, eng katta taqiq shirkdir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Yusuf • Oyat 108 Keyingi Yusuf • Oyat 110