Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Yusuf — Oyat 18 (Oʻzbekcha) — Video

Yusuf • Oyat 111 dan 18 • Oʻzbekcha


وَجَاءُوا عَلَىٰ قَمِيصِهِ بِدَمٍ كَذِبٍ ۚ قَالَ بَلْ سَوَّلَتْ لَكُمْ أَنْفُسُكُمْ أَمْرًا ۖ فَصَبْرٌ جَمِيلٌ ۖ وَاللَّهُ الْمُسْتَعَانُ عَلَىٰ مَا تَصِفُونَ 18
Tarjima:
Va uning yolg`on qonga bo`yalgan ko`ylagini keltirdilar. U: «Yo`q! Sizga havoyi nafsingiz biror ishni ziynatlab ko`rsatibdi. Endi chiroyli sabr(dan boshqa choram yo`q). Siz vasf qilayotgan narsada yordam so`raladigan Zot yolg`iz Allohning O`zi», – dedi. Yusuf 12:18
Tafsir:
Nayranglarini yanada puxtalash uchun uning koʻylagini yolgʻondan qonga boʻyab olib keldilar. Otalarini boʻri yeganiga ishontirmoqchi boʻldilar. Koʻylakning yirtilmaganini koʻrgan Yaqub ularning hiyla ishlatayotganlarini sezdi va ularga dedi: "Yoʻq. Aslo unday boʻlgan emas. Sizlarga havoyi nafsingiz qilgan ishingizni bezab, chiroyli qilib koʻrsatgan. Endi mening chiroyli sabr qilishdan boshqa choram yoʻq. Sizlar vasf etayotgan bu ishda yordam soʻraladigan Zot Allohdir".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Yusuf • Oyat 17 Keyingi Yusuf • Oyat 19