Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Yusuf — Oyat 19 (Oʻzbekcha) — Video

Yusuf • Oyat 111 dan 19 • Oʻzbekcha


وَجَاءَتْ سَيَّارَةٌ فَأَرْسَلُوا وَارِدَهُمْ فَأَدْلَىٰ دَلْوَهُ ۖ قَالَ يَا بُشْرَىٰ هَٰذَا غُلَامٌ ۚ وَأَسَرُّوهُ بِضَاعَةً ۚ وَاللَّهُ عَلِيمٌ بِمَا يَعْمَلُونَ 19
Tarjima:
Va yo`lovchilar kelib (quduqqa) suvchilarini yubordilar. Bas, u chelagini tashladi va: «Suyunchi beringlar! Bu bola-ku!» – dedi. Uni tijorat moli sifatida yashirib qo`ydilar. Zotan, Alloh ularning nima qilayotganlarini bilguvchi Zotdir. Yusuf 12:19
Tafsir:
Quduq yonidan bir karvon oʻtib qoldi. Suvga masul xodimni suvga yubordilar. U chelakni quduqqa tashlagan edi, unga Yusuf osilib chiqdi. Uni koʻrib, xursand boʻlib ketdi va: "Suyunchi! Bu bola ekan", dedi. Uni oʻsha suvchi va sheriklari karvonga koʻrsatmay, yashirib qoʻydilar. Chunki uni ham bir tijoriy foyda sifatida koʻrdilar. Alloh ular qilayotgan ishlarni, Yusufni sotmoqchi boʻlganlarini Bilguvchidir. Hech narsa U Zotdan yashirin qola olmas.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Yusuf • Oyat 18 Keyingi Yusuf • Oyat 20