Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Yusuf — Oyat 20 (Oʻzbekcha) — Video

Yusuf • Oyat 111 dan 20 • Oʻzbekcha


وَشَرَوْهُ بِثَمَنٍ بَخْسٍ دَرَاهِمَ مَعْدُودَةٍ وَكَانُوا فِيهِ مِنَ الزَّاهِدِينَ 20
Tarjima:
Va uni arzon bahoga, sanoqli dirhamlarga sotdilar. Ular unga qiziqmagan edilar. Yusuf 12:20
Tafsir:
Suvchi va uning sheriklari Misrda Yusufni arzon bahoga, bir necha dirhamlarga sotib yubordilar. Chunki ularni Yusuf ham, uning puli ham qiziqtirmas edi. Undan tezroq qutulib olishnigina oʻylardilar. Chunki ular Yusufning qul emasligini bilib qolgandilar. Qarindoshlari bilib qolishidan qoʻrqardilar. Bu ham Alloh taoloning u kishiga koʻrsatgan bir marhamati edi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Yusuf • Oyat 19 Keyingi Yusuf • Oyat 21