Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Yusuf — Oyat 24 (Oʻzbekcha) — Video

Yusuf • Oyat 111 dan 24 • Oʻzbekcha


وَلَقَدْ هَمَّتْ بِهِ ۖ وَهَمَّ بِهَا لَوْلَا أَنْ رَأَىٰ بُرْهَانَ رَبِّهِ ۚ كَذَٰلِكَ لِنَصْرِفَ عَنْهُ السُّوءَ وَالْفَحْشَاءَ ۚ إِنَّهُ مِنْ عِبَادِنَا الْمُخْلَصِينَ 24
Tarjima:
Batahqiq, xotin unga intildi. U ham, agar Robbining burhon(hujjat)ini ko`rmaganida, u(xotin)ga intilar edi. Undan yomonlik va fahsh ishlarni uzoqlashtirish uchun shunday qildik. Albatta, u Bizning muxlis bandalarimizdandir. Yusuf 12:24
Tafsir:
Zulayho buzuqlik qilishga intildi. Yusufning ham xayolidan oʻtdi. Uni bu ishdan qaytaradigan Allohning bir hujjati boʻlmaganida u ham intilgan boʻlardi. Unga yomon ishning yomonligini ochiqlab berish, uni zino va buzuqlikdan qaytarish uchun shunday qildik. Yuusuf risolat va paygʻambarlik uchun tanlangan bandalarimizdandir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Yusuf • Oyat 23 Keyingi Yusuf • Oyat 25