Eshik tomon chopishdi. Xotin uning ko`ylagini orqasidan yulib oldi. Eshik oldida u(xotin)ning xojasiga duch kelishdi. U(xotin): «Sening ahlingga yomonlik xohlaganning jazosi faqatgina qamalmoq yoki alamli azobdir», – dedi. Yusuf 12:25 ⧉
Tafsir:
Har ikkisi eshik sari chopishdilar. Biri qochdi, biri quvdi. Biri chiqib ketmoqchi boʻldi, yana biri olib qolmoqchi. Zulayho uni qoʻyib yubormaslik uchun koʻylagining orqa tarafidan ushlab, yirtib yubordi. Eshik oldida uning eriga duch keldilar. Azizning xotini eriga shunday dedi: "Ey Aziz, ayoling bilan buzuqlik qilmoqchi boʻlgan odamning jazosi faqatgina zindon yoki alamli azobdir".