U: «Ey Robbim, ular meni chorlayotgan narsadan ko`ra men uchun qamoq mahbubroqdir, bu(ayol)larning makrini mendan O`zing nari qilmasang, ularga moyil bo`lib, johillardan bo`lib qolaman», – dedi. Yusuf 12:33 ⧉
Tafsir:
Yusuf alayhissalom Parvardigoriga munojot qilib, shunday dedi: "Parvardigorim, men uchun zino qilishdan koʻra qoʻrqinchli zindon yaxshiroq. Ularning nayranglarini mendan nari qilmasang, ularga moyil boʻlib, talablarini qondirib, nodonlardan boʻlib qolurman".