Bas, Robbi uning (duosini) ijobat qilib, ularning makrini undan nari qildi. Albatta, Uning O`zi eshitguvchi va bilguvchi Zotdir. Yusuf 12:34 ⧉
Tafsir:
Alloh uning duosini ijobat qilib, Azizning xotini va boshqa ayollarning makrini undan nari qildi. Har qanday nuqsondan pok, oliy Alloh Yusufning va boshqa har bir duo qilguvchining duosini Eshitguvchi, uning holini ham, boshqalarning holini ham Bilguvchi Zotdir.