Ey, hamzindon do`stlarim, sizlardan biringiz xo`jasiga xamr soqiyligi qiladir. Boshqasi bo`lsa, osiladi va qushlar uning boshidan yeydir. Siz bilmoqchi bo`lgan ish bitdi», – dedi. Yusuf 12:41 ⧉
Tafsir:
Ey hamzindon doʻstlarim, tushida sharob tayyorlagan odam zindondan chiqib, oʻz ishiga qaytadi, xojasiga soqiylik qiladi. Boshidagi nonni qushlar yeyayotganini koʻrgan odam esa osib oʻldiriladi va uning boshini qushlar choʻqiydilar. Sizlar soʻragan ish bitdi, tamom. Endi uning sodir boʻlishi muqarrar.