Va u o`zi ikkovlaridan najot topguvchi deb bilgan shaxsga: «Xo`jang huzurida meni esga ol», – dedi. Shayton unga xo`jasiga eslatishni unuttirdi. Bas, u qamoqda bir necha yil qoldi. Yusuf 12:42 ⧉
Tafsir:
Yusuf u ikkisidan najot topadigani deb oʻylaganiga, yani, podshohning soqiysiga: "Xojang oldida meni yodga ol, zora u meni qamoqdan ozod etsa", dedi. Shayton soqiyga xojasi oldida Yusufni esga olishni unuttirdi. Shu bilan Yusuf yana zindonda bir necha yil qolib ketdi.