Podshoh: «Uni menga keltiringlar», – dedi. Unga elchi kelgan paytda: «Xo`jang huzuriga qaytib bor va undan qo`llarini kesgan xotinlarning holi nima bo`lganini so`ra, albatta, Robbim ularning makrini bilguvchidir», – dedi. Yusuf 12:50 ⧉
Tafsir:
Yusuf qilgan tush tabiri aytilgach, podshoh ayonlariga: «Uni zindondan chiqarib, oldimga olib kelinglar», dedi. Podshohning elchisi Yusufning oldiga kelgach, u dedi: «Xojangning yoniga qaytib borib, undan qoʻllarini kesib olgan ayollar ahvoli nima boʻlganini soʻra. Toki, zindondan chiqishdan oldin begunohligim oʻz isbotini topsin. Albatta, Parvardigorim ularning menga qarshi qilgan makrlarini bilguvchidir. U Zotdan hech ish yashirin qola olmas».